<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<title>Kalom yoʻldir</title>
<lyrics>[V1]
 Vujudimda oʻksik jon
 Masih bilan yashaydi.
 Goh yiqilib, goh turib
 Ildam qadam tashlaydi.

[V2]
 Yo Rabbano deb har tong
 Qoʻl ochadi duoga.
 Kuch ber deb goh zulmatda
 Qoʻl choʻzadi ziyoga.

[V3]
 Kalom ochiq haqiqat
 Kalom yoʻldir va hayot
 Unga imonda boʻlsang
 Doʻzah senga boʻlar yot.

[V4]
 Marhamat barakalar
 Yogʻiladi osmondan.
 Nurga toʻlib hayoting
 Sen yiroqsan yolgʻondan.

[V5]
 Qasd qilmaysan gʻanimga
 Oʻch olmaysan dushmandan.
 Chin imonda boʻlsang gar
 Dard ketar kasal tandan.

[V6]
 Kalom seni yetaklar
 Zulmat toʻla dunyoda
 Rabbimga suyansang gar
 Har bir oning ziyoda.

[V7]
 Xayqir, hamdu sano ayt
 Kuyla, oʻyna, har bir on.
 Xudo nomin ulugʻlab
 Rabbimga boʻlsin imon!</lyrics>
</song>